«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes «Real» klubiga o‘tishdan «Oltin to‘p» marosimi boykot qilingani sababli bosh tortgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda «Real» Rodri ovoz berish natijasida g‘olib bo‘lganini bilgach, taqdirlash marosimiga borishdan bosh tortgan edi. Madridliklar sovrin Vinisiusga berilishi kerak, deb hisoblagan.
«Men “Real”ning “Oltin to‘p”ni boykot qilgani uchun ularning taklifini rad etganim haqidagi gaplar noto‘g‘ri. Men bu haqda hatto o‘ylamaganman ham. Bu men va oilam uchun o‘ziga xos kun edi», — dedi Rodrining so‘zlarini Mundo Deportivo nashri keltirmoqda.
Yozgi transferlar oynasida Rodri «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tdi.













