«Barselona» hujumchisi Entoni Gordon kataloniyalik klubning unga bo‘lgan qiziqishi haqida bilganida qanday hislarni boshdan kechirganini aytdi.
«Bu rost ekaniga juda uzoq vaqt ishonmadim. Bu voqeaga jiddiy qiziqmadim, chunki unga ishonmagan edim. Keyin Flik bilan telefon orqali suhbatlashdim va shunda hammasi jiddiy ekanini tushundim. Men bu murabbiy menga juda mos kelishini darhol angladim», — deya Gordonning so‘zlarini keltiradi Barça Universal.
Gordon yozgi transferlar oynasida «Nyukasl»dan «Barselona»ga o‘tdi. Vinger kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda oltita o‘yinda ishtirok etib, beshta golli uzatma amalga oshirdi.













