Germaniya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq futbolchisi Lotar Matteus Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe va «Barselona» vingeri Lamin Yamalning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi.
«Menimcha, bu Yamalning yili bo‘lmadi. U o‘tgan mavsumdagi darajasini ko‘rsata olmadi. Ammo bu unga sovrin berilmaydi, degani emas. Laminning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyati bor.
Mbappega kelsak? Mening fikrimcha, sovrinlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun Laminning imkoniyati Kiliannikidan yuqori. Fransuz «Real» va terma jamoa bilan hech qanday sovrin yuta olmadi», — deya ekspertning so‘zlarini Bayern & Germany keltirmoqda.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili sovrin Usman Dembelega berilgan.













