«Barselona» qanot hujumchisi Lamin Yamal Chempionlar ligasida g‘olib chiqish istagi haqida gapirdi.
«Menimcha, Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga bo‘lgan ishtiyoq yaxshi narsa. G‘alabaga ishonadigan insonlar bor kiyinish xonasiga kirish menga yoqadi. Biz yana Ispaniya chempioni bo‘lishni va Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni maqsad qilganmiz», — dedi Yamal Movistar+ efirida.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniya La Ligasining so‘nggi ikki mavsumida g‘olib chiqqan. Ammo kataloniyaliklar Chempionlar ligasida 2015 yildan beri g‘olib bo‘la olmayapti.
Beshta turdan so‘ng Hans-Diter Flik jamoasi 15 ochko jamg‘argan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













