Milanning «Inter» klubi himoyachisi Federiko Dimarko Chempionlar ligasidagi ikki omadsiz urinishdan so‘ng ushbu turnirda g‘olib chiqishni xohlayotganini aytdi.
«Chempionlar ligasi — juda qiyin turnir, unda ko‘plab kuchli jamoalar ishtirok etadi. Menga ushbu nufuzli turnir finalida ikki marta o‘ynash nasib qildi. Ammo yana bir bor urinib ko‘rishni va natijani o‘zgartirishni xohlayman», — dedi Dimarko Il Calciatore nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Dimarko «Inter» bilan 2023 va 2025 yillarda Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan. Birinchi holatda italiyalik grand «Manchester Siti»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi finalda «PSJ»dan 0:5 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchragan.













