Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Rodri: «Manchester Siti»da faoliyatimni yakunlayman, deb o‘ylardim»

Rodri: «Manchester Siti»da faoliyatimni yakunlayman, deb o‘ylardim»

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes o‘tgan yozda «Manchester Siti»dan ketishi haqida fikr bildirdi.

«Men har doim faoliyatimni “Manchester Siti”da yakunlayman, deb o‘ylardim, chunki bu klub menga mutlaqo barchasini berdi. Men baxtli edim va Gvardiola bilan birga Angliya futboli tarixidagi eng buyuk davrlardan birining bir qismiga aylandim.

Men hech qachon ketish haqida o‘ylamaganman, ammo klubda qayta qurish jarayoni boshlandi. Jahon chempionatidan keyin esa menga yangi chaqiriq kerak, degan xulosaga keldim», — deya Rodrining so‘zlarini La Vanguardia keltirmoqda.

Rodri 2019 yildan 2026 yilgacha «Manchester Siti»da o‘ynadi. Bu davrda u to‘rt marta Angliya chempioni bo‘ldi, Chempionlar ligasi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, ikki marta Angliya Kubogi, uch marta Liga Kubogi va Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 15:00, 15.09.2026.
O'qildi: 600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик