Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasining guruh bosqichi 1-turida Vyetnam U-23 va Quvayt U-23 terma jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi golsiz yakunlandi. 78-daqiqada Omar Almatar Quvaytni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq oradan ikki daqiqa o‘tib, Nguyen Ngok Mi Vyetnamning javob golini kiritdi — 1:1.
Ushbu natija O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi uchun ham qulay bo‘ldi. Ravshan Haydarov shogirdlari birinchi turda Filippinni 5:1 hisobida mag‘lub etgan va 3 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turibdi.
Quvayt va Vyetnam bir ochkodan jamg‘argan holda keyingi o‘rinlarni egallagan. Filippin esa hozircha ochkosiz qolmoqda.
Shu tariqa, birinchi turdan keyin O‘zbekiston U-23 guruhda yagona g‘alaba qozongan jamoa sifatida yetakchilik qilmoqda.













