O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan "Surxon" — "Qo‘qon-1912" uchrashuvi sanasiga o‘zgartish kiritildi.
Dastlab asosiy jamoalar o‘rtasidagi bahsni 21 sentyabr kuni o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Biroq O‘zbekiston Professional futbol ligasi, "Surxon" PFK hamda "Qo‘qon-1912" PFK o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra, asosiy va yoshlar jamoalari uchrashuvlari sanasi o‘zgartirildi.
Yangi taqvimga muvofiq, U21 jamoalari o‘rtasidagi bahs 19 sentyabr kuni soat 16:30 da Qibray stadionida o‘tkaziladi.
Asosiy jamoalar o‘rtasidagi Superliga uchrashuvi esa 20 sentyabr kuni soat 18:00 da "Jar" stadionida bo‘lib o‘tadi.













