Electronic Arts kompaniyasi EA SPORTS FC 27 futbol simulyatorining chiqish sanasi va erta kirish muddatlarini rasman ma’lum qildi.
Kompaniya saytida o‘yinga oid asosiy sanalar e’lon qilindi.
EA SPORTS FC 27 Ultimate Edition versiyasi egalari o‘yinga boshqalardan oldin kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shaxsiy kompyuterlarda erta kirish 17 sentyabr kuni soat 23:00 UTC da ochiladi. Toshkent vaqti bilan bu 18 sentyabr soat 04:00 ga to‘g‘ri keladi.
Boshqa platformalarda esa erta kirish 18 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:00 da boshlanadi.
EA SPORTS FC 27'ning jahon bo‘ylab to‘liq relizi bir haftadan so‘ng amalga oshiriladi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun o‘yin 24 sentyabr kuni soat 23:00 UTC da, ya’ni Toshkent vaqti bilan 25 sentyabr soat 04:00 da chiqadi.
Boshqa platformalarda EA SPORTS FC 27 25 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:00 dan e’tiboran foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘ladi.













