"Fiorentina"ni tark etgan Robin Gosens sobiq klubidagi vaziyat haqida gapirib, hamkorlikni to‘xtatish qarori uning xohishiga bog‘liq bo‘lmaganini ta’kidladi.
"Taxminan ikki oy avval Florensiyadagi mashg‘ulot bazasiga keldim va kutilmaganda tarkibdan chiqarilganimni bildim. Shundan keyin klubdagi vaziyat darhol murakkablashdi.
Men endi jamoa rejalariga kirmasdim, yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘ldim va boshqa futbolchilar bilan muloqot qilishim ham taqiqlandi.
Endi Vanoli qaytdi, men esa u yerda yo‘qman. Bu vaziyatda eng ko‘p jabr ko‘rgan inson men bo‘ldim", — deya Gosensning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Ayni paytda Gosens "Shalke" sharafini himoya qilmoqda.













