Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Prevyu. “Navbahor” - “Dinamo”

Prevyu. “Navbahor” - “Dinamo”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" o‘z maydonida “Dinamo” (Samarqand)ni qabul qiladi.

Mazkur klublarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu jamoalar 55 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishgan.

Mazkur bahslarda namanganliklar 31, “ko‘hna shaharliklar” esa 13 marta zafar quchishgan bo‘lsa, 11 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 96-47, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda “lochinlar” 104, “arslonlar” esa 50 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda eng yirik hisob 1996 va 1997 yillari Namanganda qayd etilgan. O‘sha mavsumlarda “Navbahor” “Dinamo” ustidan tegishlicha 6:0 hamda 7:1 hisoblarida zafar quchgan.

E’tiborlisi, samarqandliklar shu paytgacha namanganliklarni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrata olishmagan.

Mazkur jamoalar shu kungacha Namanganda o‘zaro 27 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu o‘yinlardan 20 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 7 ta bahsda durang qayd etilgan.

Fakt: “Dinamo” hali Namanganda zafar qucha olmagan. Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda to‘plar nisbati - 59-11, jamoamiz foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Dinamo” o‘yini 17 sentyabr kuni soat 18:00 start oladi.

“Navbahor“ PFK matbuot xizmati.

Manba: fcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:36, 15.09.2026.
O'qildi: 1359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик