Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Angliya liga kubogi. 16 yoshli Doumanning 2 ta goli «Arsenal»ga «Ipsvich»ni yengishda yordam berdi (videosharh)

Angliya liga kubogi. 16 yoshli Doumanning 2 ta goli «Arsenal»ga «Ipsvich»ni yengishda yordam berdi (videosharh)

Baho:
+ | -

«Arsenal» Liga kubogi 1/16 finalida safarda «Ipsvich»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida 16 yoshli yarim himoyachi Maks Douman «Arsenal»ni oldinga olib chiqdi. 16-daqiqada Noni Madueke londonliklarning ustunligini ikki to‘pga yetkazdi.

47-daqiqada Douman yana bir bor gol urib, dubl qayd etdi va hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. 58-daqiqada Mikel Merino «Ipsvich» darvozasini ishg‘ol qilib, «Arsenal»ning ustunligini yanada oshirdi.

62-daqiqada mezbonlar futbolchisi Anis Mexmeti bir gol bilan javob qaytardi. Uchrashuvning 90-daqiqasida «Ipsvich» hujumchisi Chuba Akpom yana bir gol urib, yakuniy hisobni 2:4 ko‘rinishiga keltirdi.

Qayd etish joiz, «Arsenal» joriy mavsumda barcha musobaqalarda o‘tkazgan 6 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi.

«Arsenal»ning Liga kubogi 1/8 finalidagi raqibi keyinroq aniqlanadi.

«IPSVICH» – «ARSENAL» – 2:4 (0:2)
Gollar: Douman, 7 (0:1), Madueke, 16 (0:2), Douman, 47 (0:3), Merino, 58 (0:4), Mexmeti, 62 (1:4), Akpom, 90 (2:4).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:07, 16.09.2026.
O'qildi: 1096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик