"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Ispaniya chempionatining 6-turida "Elche" ustidan 3:2 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng hal qiluvchi golni urgan Karlos Espi haqida fikr bildirdi.
"Espi o‘z vazifasini yaxshi bajaryapti. U maydonga juda katta motivasiya bilan tushadi.
Uning oldida oddiy futbolchi bo‘lmagan Kilian Mbappe o‘ynaydi. Ularni bir vaqtning o‘zida maydonga tushirish oson emas, chunki bunday holatda 4-4-2 sxemasi uchun odatiy qanot futbolchilarimiz qolmaydi va jamoa muvozanatni yo‘qotadi.
O‘yin oxirida almashtirishlardan so‘ng maksimal tavakkalga qo‘l urdim. Ammo bu zarur edi, chunki durang natija bizni qoniqtirmasdi", — deya Mourinyuning so‘zlarini keltiradi "Real" rasmiy sayti.
Karlos Espi qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib, "Real"ga 3:2 hisobidagi g‘alabani keltirdi.













