Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

Valverde Yan Diomandening o‘yinini yuqori baholadi

Valverde Yan Diomandening o‘yinini yuqori baholadi

Baho:
+ | -

"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde Ispaniya chempionatining 6-turida "Elche" ustidan 3:2 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng Yan Diomandening o‘yinini yuqori baholadi.

19 yoshli Kot-d'Ivuarlik futbolchi ushbu uchrashuvda golli uzatma amalga oshirdi. Bu uning "Real" safidagi ilk samarali harakati bo‘ldi.

"Yan Diomandeda himoyachiga qarshi birga-bir vaziyatlarda kerak bo‘ladigan barcha sifatlar bor. Men unga ishonaman, jamoadagi barchamiz unga ishonamiz.

Biz uning gol urishi yoki golli uzatma amalga oshirishi uchun albatta imkoniyat bo‘lishini bilamiz. Bugun u doim gol uradigan Kilianga ajoyib uzatma berdi", — dedi Valverde.

"Real" 6 avgust kuni Diomandening "Leypsig"dan transfer qilinganini e’lon qilgan edi. Vinger madridliklar bilan 2033 yil yoziga qadar shartnoma imzolagan.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, "Real" Kot-d'Ivuar terma jamoasi futbolchisi uchun 125 million yevro va yana 15 million yevro bonus to‘laydi. Bu klub tarixidagi rekord transferga aylangan.

Kiritildi: 10:14, 16.09.2026.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик