«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi jamoasining «Liverpul»ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, Angliya Liga kubogidan chiqib ketishiga munosabat bildirdi.
«Biz «Liverpul»ga qarshi o‘yin natijasidan juda xafamiz. Bu biz uchun og‘riqli. Menimcha, bu adolatsiz natija bo‘ldi. Ammo buni qabul qilishimiz va shunday omadsiz vaziyatdan keyin yanada kuchliroq bo‘lishimiz kerak», — deya murabbiyning so‘zlarini jurnalist Alasder Gold keltirdi.
«Tottenxem» Angliya chempionatining dastlabki to‘rtta o‘yinida 2 ochko to‘pladi va turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.
19 sentyabr kuni De Dzerbi shogirdlari o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qiladi. 5-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.













