Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Vinisius beshinchi o‘yinda ham gol urmadi, Mourinyo uni himoya qildi

Vinisius beshinchi o‘yinda ham gol urmadi, Mourinyo uni himoya qildi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Elche»ga qarshi uchrashuvda Vinisius Juniorning o‘yiniga baho berdi.

Braziliyalik futbolchi bahsda samarali harakat qayd etmadi va 68-daqiqada almashtirildi. Uchrashuv «Real»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Vinisius himoyada juda yaxshi harakat qildi va bizga katta yordam berdi. O‘yin oxiriga kelib u butunlay holdan toydi, shuning uchun uni almashtirdim», — deya Mourinyuning so‘zlarini Madrid Universal keltirdi.

G‘alaba golini 91-daqiqada Karlos Espi urdi. U 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi.

Vinisius ketma-ket beshinchi o‘yinda ham gol ura olmadi. 26 yoshli futbolchi joriy mavsumda 7 ta o‘yinda 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan.

Kiritildi: 12:32, 16.09.2026.
O'qildi: 576 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик