«Real» hujumchisi Kilian Mbappe La Ligada yana bir bor gol urdi va noyob natijani qayd etdi.
Fransiyalik futbolchi «Elche»ga qarshi uchrashuvning 33-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shu tariqa, 27 yoshli hujumchi joriy chempionatdagi 6 ta o‘yinda 7 ta gol urdi.
Jurnalist Mister Chip ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe «Real» tarixida La Liganing dastlabki 6 ta o‘yinida ketma-ket ikki mavsum 7 yoki undan ko‘p gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Bunga avval faqat Pruden 1945 va 1946 yillarda, shuningdek, Ugo Sanches 1986 va 1987 yillarda erisha olgan.
Qizig‘i, «Real» tarixidagi eng sermahsul futbolchi Krishtianu Ronaldu ham bu natijani qayd eta olmagan.
Kilian Mbappe «Real» safida 2024 yildan buyon to‘p tepmoqda.













