La Liga prezidenti Xavyer Tebas Janni Infantinoning FIFA prezidenti lavozimida faoliyatini davom ettirishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlarini Marca keltirdi.
«Agar Infantino ishini davom ettirsa, bu futbol uchun sharmandalik bo‘ladi. Buni xususiylashtirish masalasi, ya’ni FIFA musobaqalari huquqlari tufayli aytayotganim yo‘q — bu meni eng kam tashvishlantiradi.
Meni ko‘proq qizil kartochka bilan bog‘liq vaziyat tashvishlantiradi. AQSH terma jamoasi futbolchisi Tramp ta’siri tufayli maydondan chetlatilmagan, deb hisoblayman.
O‘sha paytda AQSH terma jamoasi Belgiyani mag‘lub etganida, bu futbol uchun yaxshiroq bo‘lardi. Ishonchim komilki, shunday bo‘lganida Infantino hozir FIFA prezidenti bo‘lmasdi.
Bu tizim qanday ishlashini tushunish kerak. Ko‘plab federasiyalar mablag‘ga muhtoj va FIFAdan keladigan moliyaviy yordamga bog‘liq. Shu sababli ular ochiqdan-ochiq norozilik bildirsa, mablag‘dan mahrum bo‘lishidan xavotir oladi. Hali vaqt yetarli. Hech bo‘lmasa bitta nomzod chiqishi kerak», — dedi Tebas.
FIFA prezidenti saylovi 2027 yil 16 fevral kuni tashkilotning Syurixdagi kongressida bo‘lib o‘tadi.













