«Barselona» yarim himoyachisi Rodri kataloniyaliklar safiga qo‘shilganidan keyin uni eng ko‘p hayratlantirgan futbolchi Rafinya Dias bo‘lganini aytdi.
«Rafinya meni juda qattiq hayratlantirdi. Uning qanchalik yaxshi futbolchi ekanini bilmasdim, deganim emas, ammo u haqiqatan ham ajoyib taassurot qoldiryapti. Ayniqsa, hozirgi formasini hisobga olsak», — dedi Rodri Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
«Albatta, o‘yin uslubimiz har xil. Ammo u 24 yoki 25 yoshda bo‘lganida, uni men bilan adashtirish mumkin edi. Lekin yo‘q, u ham xuddi men kabi 30 yoshda va shunday ajoyib jismoniy imkoniyatlarga ega», — deya qo‘shimcha qildi ispaniyalik futbolchi.
Rafinya mavsum boshidan buyon 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchi avgust oyida La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.













