Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

«Arsenal» sobiq hujumchisi Mbappe o‘rniga Xvichani afzal ko‘rdi

«Arsenal» sobiq hujumchisi Mbappe o‘rniga Xvichani afzal ko‘rdi

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq hujumchisi Jeremi Aliadyer londonliklar safida ko‘rishni istaydigan futbolchini aytdi.

«Bu qiyin savol. Men jamoa muvaffaqiyatga erishishi uchun tarkib muvozanatli bo‘lishi va kiyinish xonasida yaxshi muhit hukm surishi kerak, deb chindan ham ishonaman.

Avvaliga Kilian Mbappeni aytmoqchi edim, chunki u shunchaki dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Ammo u bu jamoaga qay darajada mos tushardi? Jamoa uchun o‘ynarmidi yoki ko‘proq individual harakat qilarmidi? Bunga ishonchim komil emas, shuning uchun bu juda yaxshi variant bo‘lardi, deb ham ayta olmayman.

Shu sabab, ehtimol, Xvichani tanlagan bo‘lardim. U jamoaviy futbolchi va maydonda juda ko‘p mehnat qiladi. U chap qanotda o‘ynaydi, bu pozisiyani esa yozda kuchaytirish yomon bo‘lmasdi. Menimcha, u fantastik transfer bo‘lardi», — dedi Aliadyer Live Football Tickets nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 13:16, 16.09.2026.
O'qildi: 678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик