Ispaniyaning Marca nashri La Liga 6-turidan o‘rin olgan «Elche» – «Real» uchrashuvida futbolchilar va murabbiylar o‘yinini baholadi. Madridliklar bahsda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Eng yuqori baho — 3 yulduz «Real» hujumchisi Karlos Espiga berildi. U 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, g‘alaba golini urdi.
Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Yan Diomande va Arda Gyuler ikki yulduzdan oldi. Shuningdek, «Elche»ning bir nechta futbolchisi va jamoa bosh murabbiyi Martin Anselmi ham ikki yulduz bilan baholandi.
Qolgan futbolchilarning aksariyatiga bir yulduzdan berildi.
Vinisius Junior va Joze Mourinyo esa umuman baholanmadi — Marca ularning ismi qarshisiga chiziqcha qo‘ydi.













