«Arsenal» hujumchisi Viktor Dyokeresh yangi mavsumni omadsiz boshladi.
Shvesiya terma jamoasi forvardi Angliya Liga kubogida «Ipsvich»ga qarshi uchrashuvda 90 daqiqa maydonda harakat qildi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi. «Arsenal» esa bahsda 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu Dyokereshning joriy mavsumdagi to‘rtinchi o‘yini bo‘ldi. Hujumchi hozirga qadar na gol urdi, na golli uzatma amalga oshirdi.
Qayd etish kerak, Dyokeresh o‘tgan mavsumda 21 ta gol bilan «Arsenal»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi.













