Krishtianu Ronaldu 2022 yildan beri eng yirik hisobdagi mag‘lubiyatini qabul qildi.
«An-Nasr» hujumchisi Osiyo Chempionlar ligasida «Al-Ayn»ga qarshi uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi. Uning jamoasi 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ronaldu Saudiya Arabistonida faoliyat olib borayotganidan beri na klubi, na terma jamoasi safida bunchalik yirik hisobda yutqazmagan edi.
Portugaliyalik futbolchi so‘nggi marta 4 ta to‘p farqi bilan 2022 yil avgust oyida mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda u «Manchester Yunayted» safida «Brentford»ga qarshi o‘yinda 0:4 hisobida yutqazgan edi.













