«Liverpul»ning hujumkor yarim himoyachisi Florian Virs yaqin oradagi transfer oynasida «Bavariya»ga o‘tmaydi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk CF Bayern Insider nashri uchun ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, hozirda «Bavariya» Virsni transfer qilish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormayapti, garchi bu borada turli mish-mishlar tarqalayotgan bo‘lsa ham. Bundan tashqari, «Liverpul» futbolchini sotishdan manfaatdor emas.
Shu bilan birga, agar Virs qachondir Germaniyaga qaytishni istasa, uning birinchi varianti aynan «Bavariya» bo‘lishi ta’kidlangan.
Joriy mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda beshta o‘yinda ishtirok etib, birta golli uzatma amalga oshirdi.
Virsning «Liverpul» bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.













