Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Sud Mbappeni «PSJ»ga pul to‘lashga majbur qildi

Sud Mbappeni «PSJ»ga pul to‘lashga majbur qildi

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe va «PSJ» o‘rtasida suddagi nizo ancha vaqt davom etdi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi ish haqi va bonuslar sifatida 60 million yevro talab qilgan. Parijliklar esa Mbappening erkin agent sifatida jamoani tark etmaslik haqidagi va’dasi bajarilmaganini vaj qilib, to‘lovni amalga oshirishdan bosh tortgan.

2025 yil dekabr oyida mehnat nizolari bo‘yicha sud «PSJ»ni Mbappega 61 million yevro to‘lashga majbur qildi. Fransiyaning grand klubi sud qarorini bajardi.

Endi Parij apellyasiya sudi Mbappeni «PSJ»ga pul to‘lashga majbur qildi. Biroq summa nisbatan kichik — 60 ming yevro. Sudning bu qarori klubga kompensasiya to‘lanishi bilan bog‘liq. Mbappe bilan sudlashuvlar davrida, 2025 yil 10 apreldan 25 maygacha, klubning mablag‘lari ta’minlov chorasi sifatida foydalanish uchun mavjud bo‘lmagan. Shu sababli «PSJ» moliyalashtirish ehtiyojlarini qoplash uchun kredit liniyasi ochishiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, sud «PSJ»ning ma’naviy tovon undirish haqidagi talabini rad etdi, deb yozadi L’Equipe.

Kiritildi: 15:50, 16.09.2026.
O'qildi: 1072 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик