«Chelsi» hujumchisi Morgan Rojers klub tarixida Premyer-liganing dastlabki to‘rtta uchrashuvining barchasida samarali harakat qayd etgan beshinchi futbolchi bo‘ldi. Bu haqda «Chelsi»ning rasmiy sayti xabar berdi.
Angliya chempionatining 2026/2027 yilgi mavsumidagi dastlabki to‘rtta o‘yinda 24 yoshli Morgan Rojers uchta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Bunga qadar Didye Drogba (2010/2011), Sesk Fabregas (2014/2015), Diyego Kosta (2014/2015 va 2016/2017) hamda Eden Azar (2018/2019) shunday natija qayd etgan.
Morgan Rojers bu yozda «Aston Villa»dan «Chelsi»ga o‘tdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, transfer summasi 137 million yevroni tashkil etgan va bu «Chelsi» tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi.













