«Manchester Yunayted» «Real» hujumchisi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. «Qizil iblislar» braziliyalik futbolchini qishki transferlar oynasida tarkibiga qo‘shmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» Endrikni to‘liq transfer asosida sotib olishni istamoqda. «Real» esa iste’dodli braziliyalikni faqat ijaraga berishga tayyor.
Joriy mavsumda Endrik «Real» tarkibida bitta o‘yinda maydonga tushdi.













