«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai Angliya Liga kubogida «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda gol urdi. Mersisaydliklar uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Vengriyalik futbolchi jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, «Liverpul»ga 2023/24 yilgi mavsum oldidan qo‘shilganidan beri APL klublari safida barcha musobaqalarda uzoq masofadan urgan gollari sonini 13 taga yetkazdi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, shu davr ichida Angliya Premyer-ligasi klublarida to‘p tepayotgan hech bir futbolchi barcha musobaqalar hisobida jarima maydoni tashqarisidan Soboslaidan ko‘proq gol urmagan.
Joriy mavsumda Dominik Soboslai 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.













