Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini «Nyurnberg» hujumchisi Muhammad Ali Zomani Millatlar ligasidagi yaqin o‘yinlar uchun tarkibga chaqirishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
22 yoshli forvard joriy mavsumni samarali boshlab, Germaniya klubi safida 6 ta o‘yinda 5 ta gol urdi.
Zomaning sermahsulligi Italiya terma jamoasi murabbiylar shtabi e’tiborini tortgan. Agar u navbatdagi yig‘in uchun ro‘yxatga kiritilsa, bu futbolchining mamlakat bosh terma jamoasiga ilk chaqiruvi bo‘ladi.













