UFCning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Iliya Topuriya 2027 yil fevral oyida janglarga qaytishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda insayder Alvaro Kolmenero ma’lum qildi.
«Men Topuriyaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi bilan gaplashdim. U Iliyada Mayamida mashg‘ulotlarga qaytayotganini va fevral oyidan boshlab jangga qaytishga tayyor bo‘lishini aytdi.
Ikkita variant — Geydji yoki Pimblett. Topuriya jamoasi Geydji bilan revansh o‘tkazishni talab qiladi», — dedi Kolmenero.













