«Atletik Bilbao»ning sobiq futbolchisi Xulen Gerrero «Real» vingeri Vinisius Juniorning joriy mavsumdagi o‘yinini tanqid qildi.
U braziliyalik futbolchi avvalgidek intilish va ishtiyoq bilan harakat qilmayotganini aytdi.
«Vinisiusda avvalgidek ambisiya va xohishni ko‘rmayapman. U himoyachilarni aldash, hujum qilish va o‘ziga xos harakatlarni amalga oshirishga bo‘lgan ishtiyoqini yo‘qotgandek. U biroz xotirjamlashib qolgan va ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Vinisius g‘alabaga bo‘lgan istagini qayta topishi kerak. Hozir u eng yaxshi holatidan ancha uzoqda», — dedi Gerrero.













