Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real»da so‘z erkinligi himoya qilinadi

«Real»da so‘z erkinligi himoya qilinadi

Baho:
+ | -

«Real» rasmiylari hujumchilar Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning «Elche»ga qarshi o‘yin oldidan futbolkadagi yozuvni berkitgani bo‘yicha izoh berdi. 

Uchrashuvdan oldin futbolchilar «Todos somos caballas» («Biz barchamiz kabalyasmiz») degan yozuv tushirilgan maxsus futbolkalarni kiyishdi. «Kabalyas» — Seuta aholisiga nisbatan qo‘llanadigan laqab.

Bu yozuv Seuta shahri aholisini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tayyorlangan. Ammo Mbappe va Vinisius futbolkalardagi yozuvni qo‘llari bilan berkitib, keyin esa liboslarni yechib qo‘yishdi.

«Real» klubi bu holat futbolchilarning shaxsiy qarori ekanini bildirdi. Klub Seuta aholisini qo‘llab-quvvatlash tashabbusini hurmat qilishini, shu bilan birga har bir futbolchi o‘z fikri va qarashini erkin ifodalash huquqiga ega ekanini ta’kidladi.

Shu tariqa, «Real» Mbappe va Vinisiusning futbolkadagi yozuvni namoyish qilmaslik qarorini qoralamadi va ularning tanlovini hurmat qilishini bildirdi.

Kiritildi: 19:24, 16.09.2026.
O'qildi: 1124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик