Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal 2-1 Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum 0-0 Surxon
10/10 18:00 Jenoa 2-1 Fiorentina
10/10 19:00 Aston Villa 2-2 Brentford
10/10 19:00 Chelsi 5-1 Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich 2-1 Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend 0-2 Brayton
10/10 19:15 Alaves 1-2 Atletiko
10/10 21:00 Inter 3-0 Parma
10/10 21:30 Man. Yunayted 1-1 Tottenhem
10/10 21:30 Barselona 3-0 Xetafe
10/10 23:45 Napoli 3-0 Frozinone
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: o‘zbekistonlik sportchilar ilk turda qanday natijalar qayd etdi?

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: o‘zbekistonlik sportchilar ilk turda qanday natijalar qayd etdi?

Baho:
+ | -

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 1-tur uchrashuvlari yakunlandi. O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan barcha 6 ta (3 ta erkaklar va 3 ta ayollar) jamoa dastlabki turni g‘alaba bilan boshladi.

Quyida har bir jamoalarning qayd etgan natijalari bilan tanishing:

Erkaklar o‘rtasidagi bahslar

O‘zbekiston-1 — Yamayka - 4:0

O‘zbekistonning birinchi raqamli jamoasi vakillari Yamaykaga qarshi bahsda raqiblarga umuman imkon qoldirmadi. Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov hamda Muhiddin Madaminov o‘z partiyalarini muvaffaqiyatli yakunlab, jamoaga 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani taqdim etdi..

Nodirbek Abdusattorov 1:0 Joshua Kristi
Nodirbek Yoqubboyev 1:0 Rahim Gleyvs
Shamsiddin Vohidov 1:0 Jaden Shou
Muhiddin Madaminov 1:0 Akim Braun

O‘zbekiston-2 — Afg‘oniston - 3:1

Ikkinchi jamoa umumiy hisobda ishonchli g‘alabaga erishgan bo‘lsa-da, 4-doskada mag‘lubiyat qayd etildi. Humoyun Begmurotov afg‘onistonlik raqibiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ammo shunga qaramay, O‘zbekiston-2 jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozonishni uddaladi.

Abdumalik Abdisalimov 1:0 Xayber Farazi
Muhammadzohid Suyarov 1:0 Habibulla Amini
Ortiq Nig‘matov 1:0 S. Mirzaad
Humoyun Begmurotov 0:1 Homayun Mohtaat

O‘zbekiston-3 — Mali - 3,5:0,5

O‘zbekistonning uchinchi jamoasi vakillari Mali jamoasiga qarshi bellashuvda bitta durang va uchta g‘alaba qayd etdi. Almas Rahmatullayev, Muhammadali Abdurahmonov va Asrorjon Omonov g‘alaba qozongan bo‘lsa, Saidakbar Saydaliyev va Bakari Traore o‘rtasidagi bahsda durang qayd etildi.

Saidakbar Saydaliyev 0,5:0,5 Bakari Traore (durang)
Almas Rahmatullayev 1:0 Umar Keyta
Muhammadali Abdurahmonov 1:0 Baba M. Mayga
Asrorjon Omonov 1:0 Niare Yussuf

Ayollar o‘rtasidagi bahslar

O‘zbekiston-1 — Trinidad va Tobago - 4:0
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekistonning birinchi raqamli jamoasi ham yuz foizlik ko‘rsatkichga erishdi. Tarkibdagi Gulruhbegim Tohirjonova, Umida Omonova, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva hamda Guldona Karimovalarning barchasi ilk turda zafar quchdi.

Gulruhbegim Tohirjonova 1:0 Shemila Jeyms
Umida Omonova 1:0 Zara La Flyor
Nilufarxon Imomqo‘ziyeva 1:0 Samanta Dolli
Guldona Karimova 1:0 Ramnarin Singh

O‘zbekiston-2 — Togo - 3:1
Ushbu qarama-qarshilikning birinchi doskasida qora donalarda o‘ynagan Marjona Malikova o‘z partiyasini boy berdi, ammo qolgan shaxmatchilarning g‘alabasi evaziga O‘zbekiston-2 jamoasi Togoni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Marjona Malikova 0:1 Izabel Mamah
Madinabonu Halilova 1:0 Afiva Kponsu
Asal Salimova 1:0 Sandrin Kudafa
Mumtozbegim Mansurova 1:0 Sandra Kudafa

O‘zbekiston-3 — Tanzaniya - 4:0

O‘zbekistonning uchinchi jamoasi a’zolari ham 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Zilola Aktamova, Maftuna Bobomurodova, Shohina Ahmedova va Barchinoy Shokirjonova raqiblariga hech qanday imkon qoldirmadi.

Zilola Aktamova 1:0 Nima Kisanga
Maftuna Bobomurodova 1:0 Siya Jozef Lissa
Shohina Ahmedova 1:0 Rishit Shah Anahi
Barchinoy Shokirjonova 1:0 Samson Berta

Ma’lumot uchun, Samarqand mezbonlik qilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida jami 400 ta jamoa qatnashadi: Erkaklar guruhida 208 ta, Ayollar o‘rtasida esa 192 ta jamoa. Musobaqa 16–27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:26, 16.09.2026.
O'qildi: 1750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик