"Barselona"ning sport masalalari bo‘yicha vise-prezidenti Rafa Yuste Lamin Yamalni "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga munosib nomzod deb hisoblaydi.
Dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq 19 yoshli ispaniyalik futbolchini "Barselona" prezidenti Joan Laporta, sport direktori Deku va bosh murabbiy Xans-Diter Flik ham qo‘llab-quvvatlagan edi.
"Men uchun u nafaqat dunyodagi o‘yin taqdirini o‘zgartira oladigan eng kuchli futbolchilardan biri, balki barchaga tomosha zavqini beradigan o‘yinchi hamdir. U shu yoshidayoq sovrinlar yutgan va natijaga ta’sir qiladigan futbolchi", — dedi Yuste Mundo Deportivo nashriga.
"Uning "Oltin to‘p"ga munosib ekanini ochiq aytayotgani menga yoqadi. Bu uning o‘ziga va dunyoga nima bera olishiga ishonchini ko‘rsatadi. Bu uning xarakteridagi muhim jihatlardan biri va bunday xususiyat shu yoshda ayniqsa yaqqol ko‘rinadi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Lamin Yamal joriy mavsumda 6 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













