Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Luis Dias golsiz seriyasi haqida: "Eng yaxshi versiyamni izlayapman"

Luis Dias golsiz seriyasi haqida: "Eng yaxshi versiyamni izlayapman"

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Luis Dias 2026-27-yilgi mavsum boshidagi golsiz seriyasi haqida gapirdi.

Kolumbiyalik futbolchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol urgan va 23 ta golli uzatma amalga oshirgan edi. Joriy mavsumda esa u 6 ta uchrashuvda atigi 1 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

"Men o‘zimning eng yaxshi versiyamni izlayapman va tez orada uni topaman. Keyingi o‘yinda gol urishimga ishonaman.

Bu holat psixologik bosimga aylanib ketmasligi uchun xotirjamlikni saqlash kerak. Ishlash va rivojlanishda davom etish zarur.

Muammo faqat hujumlarni yakunlashda ekanini bilaman. Realizasiya yetishmayapti, xolos. Qolgan barchasi yaxshi bo‘ladi", — dedi Dias Sky Germany'ga.

"Bavariya" navbatdagi uchrashuvini 18 sentyabr kuni "Union Berlin"ga qarshi o‘tkazadi.

O‘tgan mavsumda Dias aynan shu raqib darvozasiga gol urgan va keyinchalik ushbu gol Germaniyada 2025 yilning eng yaxshi goli deb topilgan.

Kiritildi: 22:32, 16.09.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик