Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Angliya Liga kubogi: «Brayton» «Old Trafford»da «Manchester Yunayted» ustidan superkambek amalga oshirdi

Angliya Liga kubogi: «Brayton» «Old Trafford»da «Manchester Yunayted» ustidan superkambek amalga oshirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» Angliya Liga kubogining 1/16 finalida o‘z maydonida «Brayton»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mezbonlar uchrashuvni juda faol boshladi. 8-daqiqada Shi Leysi hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Meyson Maunt mankunianliklar ustunligini ikki to‘pga yetkazdi.

Birinchi bo‘lim yakunida Xaralampos Kostulas «Brayton»ning hisobdagi farqni qisqartiruvchi goliga mualliflik qildi.

65-daqiqada Paskal Gros hisobni tenglashtirdi. Oradan besh daqiqa o‘tib esa Maksim De Keyper «Brayton»ning g‘alaba golini urdi.

Boshqa uchrashuvlarda «Aston Villa» «Koventri»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi, «Everton» «Vulverxempton» ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi, «Sheffild Yunayted» esa «Flitvud»ga 0:1 hisobida yutqazdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:41, 17.09.2026.
O'qildi: 989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик