Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

«Barselona» foydasiga «Rasing»ga qarshi o‘yinda uchta penalti belgilandi

«Barselona» foydasiga «Rasing»ga qarshi o‘yinda uchta penalti belgilandi

Baho:
+ | -

«Barselona» foydasiga «Rasing»ga qarshi uchrashuvda uchta penalti belgilandi.

La Liganing 6-turidan o‘rin olgan bahs «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tdi va 7:2 hisobida yakunlandi.

25-daqiqada Rafinya o‘zi ishlab olgan penaltini aniq amalga oshirdi. Bosh hakam Xose Munuera Montero Pedro Felipening qoidabuzarligidan so‘ng 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi.

45-daqiqada hakam Felipening Karim Adeyemiga nisbatan qoidabuzarligi uchun yana penalti belgiladi. Biroq «Rasing» darvozaboni Xulen Agirresabala Lamin Yamalning 11 metrlik nuqtadan bergan zarbasini qaytardi.

67-daqiqada esa Rafinya penaltidan yana bir gol urdi. Bu safar 11 metrlik zarba Iker Lukening Adeyemiga nisbatan qoidabuzarligidan so‘ng belgilandi.

Kiritildi: 02:50, 17.09.2026.
O'qildi: 755 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик