«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim Yevropa ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Benfika»dan 0:2 hisobida qabul qilingan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
Jamoa nima sababdan doim birinchi bo‘limdagi omadsiz o‘yindan so‘ng vaziyatni to‘g‘rilashga yoki hisobni quvishga majbur bo‘layotgani haqida:
«Bu psixologik muammomi yoki yo‘qmi, bilmayman, ammo ketma-ket ikkinchi o‘yinda birinchi bo‘limda o‘yindan chiqib qolyapmiz.
Biz bunday gollarni o‘tkazib yuborishimiz mumkin emas, chunki golli vaziyatlar yaratishning o‘zi biz uchun oson kechmayapti. Shundan keyin asabiylasha boshlaymiz, xavotir kuchayadi va hammasi yanada qiyinlashadi», — dedi Amorim.













