Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

«Barselona» tarixidagi eng yaxshi startni qayd etdi — Flik munosabat bildirdi

«Barselona» tarixidagi eng yaxshi startni qayd etdi — Flik munosabat bildirdi

Baho:
+1 | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning joriy mavsum boshidagi muvaffaqiyatli natijalari haqida fikr bildirdi.

Kataloniyaliklar chorshanba kuni «Rasing»ni 7:2 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, jamoa mavsumdagi dastlabki yettita uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi va raqiblar darvozasiga jami 33 ta gol urdi.

— Klub tarixidagi eng yaxshi startni qayd etdingiz. Bu haqda nima deysiz?

«Yaxshi start — albatta, ajoyib. Ammo eng muhimi — mavsumni juda kuchli yakunlash. O‘tgan mavsumda ham terma jamoalar tanaffusiga qadar juda yaxshi natijalar qayd etgan edik. Shuning uchun diqqatni yo‘qotmasligimiz kerak», — dedi Flik matbuot anjumanida.

«Barselona» 19 sentyabr, shanba kuni safarda «Sevilya»ga qarshi maydonga tushadi. Shundan so‘ng klub futbolida terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan tanaffus yuzaga keladi.

Kiritildi: 03:46, 17.09.2026.
O'qildi: 1361 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик