«Yuventus» sardori Gleyson Bremer klub tarixida o‘z nomini qoldirish va Yevropa ligasida g‘olib chiqish istagi haqida gapirdi.
Braziliyalik himoyachi musobaqa umumiy bosqichining 1-turida NEKka qarshi uchrashuv arafasida UEFA rasmiy saytiga intervyu berdi.
«Bu klubda tarixga kirgan juda ko‘p buyuk himoyachilar bor, ayniqsa Gaetano Shireani alohida ta’kidlash mumkin. O‘zimni ular bilan solishtirish juda qiyin, chunki bosim nihoyatda katta.
Ammo men ham klub tarixida o‘z izimni qoldirishga umid qilaman va maydonda doimo bor kuchimni — 100 foizni berishga harakat qilaman», — dedi Bremer.
Futbolchi, shuningdek, bosh murabbiy Luchano Spallettining jamoaga ta’sirini ham alohida ta’kidladi.
«U bizga yo‘nalish berdi va qaysi yo‘ldan borish kerakligini ko‘rsatdi. U bilan birga sezilarli darajada o‘sdik.
Spalletti — eng yuqori saviyadagi murabbiy, g‘oliblikni biladigan mutaxassis. U har kuni maqsadlarimizga erishishimiz uchun bizga yordam bermoqda», — deya qo‘shimcha qildi Bremer.
«Yuventus» va NEK o‘rtasidagi uchrashuv 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













