«Milan» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilishi bilanoq klub manziliga tanqidlar yog‘ila boshladi. Jamoaning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello ham bu borada o‘z fikrini bildirdi.
«Amorim pressing va raqib maydonining yuqori qismida to‘pni olib qo‘yish haqida gapiradi — raqib jamoa agressiv harakat qildi, ammo bugun «Milan» tomonidan bunday o‘yinni ko‘rmadik. Bu jamoa hech qanday yangilik namoyish etmadi: uning himoyasida jiddiy muammolar bor. Ular Chempionlar Ligasiga chiqa olmadi, chunki himoyalanishni bilmaydi. Bugun raqib qarshi hujumga o‘tgan har bir vaziyatda buni ko‘rdik: jamoa himoyada harakat qilayotganda to‘g‘ri muvozanatni topa olmayapti», — deya mutaxassisning so‘zlarini pianetamilan.it nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» Yevropa Ligasida «Benfika»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.













