Kanada terma jamoasining uchta o‘yinida Alfonso Devis ishtirok etmaydi. Buning sababi jarohat emas. Futbolchi yaqinda uylangan va hozirda turmush o‘rtog‘i bilan asal oyini o‘tkazmoqda.
Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh bu holat jamoa uchun muammo tug‘dirmasligini ta’kidladi. Uning fikricha, Devis bunday imtiyozga haqli.
«Alfonso — bizning sardorimiz, shuning uchun bu masalada hammasi juda oddiy», — deya Marshning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, yaqin vaqt ichida Kanada terma jamoasi Peru, Chili va AQSH terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.













