2026 yilni Leandro Paredes uchun futboldan ko‘ra janjallar bilan ko‘proq esda qoladigan yil, deb atash mumkin. Jahon chempionati finalidagi mojaroli vaziyatidan keyin futbolchi bunday holatlar sabab tez-tez kun tartibiga chiqmoqda. Navbatdagi janjal uning «Boka Xuniors» klubining Janubiy Amerika kubogi doirasida «San-Paulu»ga qarshi o‘yinida yuz berdi.
Birinchi uchrashuvda «Boka» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Javob bahsida esa jamoa 1:1 hisobida durang o‘ynab, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Yarim finalda Argentina klubi yana bir Braziliya jamoasi — «Vasko da Gama» bilan bahslashadi.
O‘tkazilgan uchrashuvda Paredes braziliyalik klubning 19 yoshli iqtidorli futbolchisi Jordney Ferreyrani janjalga chorladi. Natijada maydonda bo‘lgan futbolchilarning deyarli barchasi janjalga aralashib ketdi.













