Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma «Skuadra Adzurra» boshqaruviga qaytgan Roberto Manchini bilan jamoa yana muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonch bildirdi.
«Men yana yaxshi natijalar ko‘rsata boshlashimizga, Yevropa chempionatiga, keyin esa Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonaman. Manchini bilan Italiya o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak bo‘lgan joyga qaytadi», — deya Janluiji Donnarummaning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Roberto Manchini 2021 yilda Italiya terma jamoasini boshqargan va italiyaliklar o‘sha yili Yevropa chempionatida g‘olib chiqishgan. Finalda Italiya Donnarummaning penaltilar seriyasidagi muvaffaqiyatli o‘yini evaziga Angliyani mag‘lub etgan.













