Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente milliy jamoa bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni 2032 yil o‘rtalariga qadar uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Rasmiy tasdiq yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.
65 yoshli mutaxassis Ispaniya terma jamoasini 2023 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyul oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
De la Fuente boshchiligida Ispaniya terma jamoasi jahon chempionati, Yevropa chempionati va Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.













