Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Gavi: "Bunday jarohatlardan keyin yuqori darajaga qaytishni hamma ham uddalay olmaydi"

Gavi: "Bunday jarohatlardan keyin yuqori darajaga qaytishni hamma ham uddalay olmaydi"

Baho:
+1 | -

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi jarohatlardan keyingi qaytishi va jamoadagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

"Sizlarga aytaman, men boshdan kechirgan barcha jarohatlardan keyin hamma futbolchi ham men kabi yuqori darajaga qayta olmas edi.

Jarohatlarga qaramay, Flik qo‘l ostida ko‘plab muhim o‘yinlarda maydonga tushdim. U menga juda katta ishonch bildirmoqda. Mavsum uzun, shuning uchun barcha futbolchilarda o‘ynash imkoniyati bo‘ladi", — dedi Gavi.

Gavi "Barselona"ning "Rasing"ga qarshi 7:2 hisobida yakunlangan uchrashuvida ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi.

Bu uning joriy mavsum La Ligasidagi ikkinchi ishtiroki bo‘ldi. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 7 daqiqa maydonda harakat qilgan.

"Barselona" 19 sentyabr kuni La Liganing 7-turida safarda "Sevilya"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 11:44, 17.09.2026.
O'qildi: 636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик