Campeones Cup doirasida «Inter Mayami» Meksikaning «Krus Asul» klubiga qarshi maydonga tushdi. AQSH jamoasi raqibini 2:0 hisobida mag‘lub etib, sovrinni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdagi gollarni argentinalik Lionel Messi va braziliyalik Kazemiro urdi.
39 yoshli Messi navbatdagi sovrindan so‘ng ijtimoiy tarmoqda juda qisqa post qoldirdi.
«Olg‘a, Inter!» — deb yozdi sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi.
Ushbu sovrin Messining faoliyatidagi 49-sovrini bo‘ldi. Argentinalik futbolchi bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
Messining «Inter Mayami» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan.













