«Inter Mayami» bosh murabbiyi Kili Gonsales 39 yoshli Lionel Messi 2026 yilgi «Oltin to‘p» sohibi bo‘lishi kerak, deb hisoblamoqda.
«Messi hozir ham birinchi raqam. Boshqa bunday futbolchilar yo‘q. «Oltin to‘p» aynan unga berilishi kerak. Leoning yoshi va so‘nggi jahon chempionatidagi o‘yinini hisobga olsak, sovrin unga nasib etishi kerak», — dedi Gonsales.
Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina terma jamoasi bilan JCH-2026 finaliga qadar yetib bordi. Hal qiluvchi uchrashuvda «albiseleste» Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Lionel Messi jahon chempionatida 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.













