«Real» vingeri Rodrigo jarohatdan kutilganidan ertaroq safga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar tibbiy shtabi va murabbiylar shtabi braziliyalik futbolchining tiklanish jarayonidan mamnun. Klub vaziyatni kompleks tarzda baholab, Rodrigo kutilganidan tezroq sog‘ayib borayotganini aniqlagan.
Agar kutilmagan holatlar yuz bermasa, Rodrigo 2026 yil oxiriga qadar yana maydonga qaytishi mumkin.
Avvaliga braziliyalik futbolchining 2027 yil bahorida safga qaytishi taxmin qilingan edi.













