Osiyo o‘yinlari ayollar futboli musobaqasining 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. O‘zbekiston 41-daqiqada Xolida Dadaboyevaning goli evaziga hisobda oldinga chiqdi.
Xitoy terma jamoasi ikkinchi bo‘limda javob qaytardi. 70-daqiqada Jan Lin Yang hisobni tenglashtirdi.
Qolgan vaqtda darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va jamoalar bittadan ochkoga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqadagi dastlabki uchrashuvida ham Filippin bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi. Endi terma jamoamiz guruh bosqichining so‘nggi turida Hongkongga qarshi maydonga tushadi.













